Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 26-sentabr
Ustozona — oʻqituvchilar uchun elektron jurnal, davomat va dars rejalashtirish platformasi. Ustozona va LessonLab — bitta jamoaning ikki brendi: oʻyinlar (Ustozona-Games) va Telegram bot (@UstozonaBot) LessonLab xizmatlari. Bu hujjat qanday maʼlumot yigʻilishini, u qayerda saqlanishini, ikki xizmat nimani almashishini va siz uni qanday nazorat qilishingizni tushuntiradi. Qisqa qilib: maʼlumotlaringiz sizniki, biz ularni sotmaymiz va reklama uchun ishlatmaymiz.
1. Qanday maʼlumot yigʻamiz
Hisobingiz haqida:
- Ism va familiya, elektron pochta manzili.
- Parol — ochiq holda saqlanmaydi, faqat qaytarib boʻlmaydigan kriptografik hash koʻrinishida.
- Google orqali kirsangiz — Google bergan ism, email va profil rasmi. Parolingizni biz koʻrmaymiz.
Siz tizimga kiritadigan maʼlumotlar:
- Sinflar, oʻquvchilar roʻyxati (ism, jinsi, tugʻilgan sana, ota-ona telefoni — agar kiritsangiz).
- Baholar, davomat yozuvlari, xulq ballari.
- Dars jadvali, dars ishlanmalari, topshiriqlar va qaydlar.
Texnik maʼlumot: tizimga kirganingizni eslab qolish uchun zarur cookie fayllari. Reklama, kuzatuv (tracking) yoki uchinchi tomon analitika skriptlari ishlatilmaydi.
2. Nima uchun ishlatamiz
- Xizmatni ishlatib berish uchun — jurnal, davomat, hisobotlar.
- Hisobingizni himoyalash va sizni tizimga kiritish uchun.
- Siz soʻragan yordamni koʻrsatish uchun.
Maʼlumotlaringizni sotmaymiz, reklama beruvchilarga bermaymiz va sizning ruxsatingizsiz uchinchi shaxslarga oshkor qilmaymiz. Istisno — qonun talab qilgan holatlar.
3. Oʻquvchilar maʼlumoti — oʻqituvchining masʼuliyati
Oʻquvchilar haqidagi maʼlumotni tizimga siz kiritasiz. Biz ularni sizning nomingizdan qayta ishlaymiz: koʻrmaymiz, tahlil qilmaymiz va boshqa maqsadda ishlatmaymiz. Voyaga yetmagan oʻquvchilarning maʼlumotini kiritishga ruxsatingiz borligiga ishonch hosil qilish — sizning va maktabingizning masʼuliyati.
4. Qayerda saqlanadi
Maʼlumotlar Supabase (PostgreSQL) bulut bazasida, Yevropa Ittifoqi hududida (Frankfurt) joylashgan serverlarda saqlanadi — LessonLab bilan bitta bazada, lekin har xizmat oʻz jadvallarida. Ulanish shifrlangan (TLS). Ilova Vercel platformasida ishlaydi.
Zaxira nusxa: davriy toʻliq nusxalar olinadi.
5. Oʻyinlar va Telegram (LessonLab)
Telegramingizni Ustozona akkauntiga bogʻlash — ixtiyoriy (Sozlamalar → Telegram). Bogʻlasangiz, ikki xizmat faqat quyidagi eng kam maʼlumotni almashadi:
- Bogʻlash: bir martalik kodni @UstozonaBot’da ochasiz. Bot tasdiqlash uchun ismingizni va qisman yashirilgan emailingizni (masalan, a***@gmail.com) koʻrsatadi va ekrandagi kodni botdagi tugmalar bilan terishingizni soʻraydi — begona odam sizning Telegramingizni oʻz akkauntiga ulay olmasligi uchun. Keyin faqat «Ustozona ID ↔ Telegram ID» juftligi saqlanadi.
- Oʻyinlarga avtomatik kirish: «Oʻyinlar» boʻlimini ochganingizda Ustozona serveri LessonLab’ga Ustozona ID, Telegram ID va ismingizni imzolangan soʻrov bilan yuboradi va 2 daqiqalik, bir martalik kirish chiptasini oladi. Parol, email, baholar yoki oʻquvchilar roʻyxati yuborilmaydi.
- Uzish: Sozlamalar → Telegram boʻlimida istalgan vaqtda. Uzilgach juftlik oʻchiriladi, har ikki xizmatdagi maʼlumotlaringiz esa joyida qoladi.
LessonLab xizmatlarining oʻz siyosati: lessonlab.uz/privacy.html.
6. Sizning nazoratingiz
- Eksport: Sozlamalar → Maʼlumotlar boʻlimidan sinflar, oʻquvchilar va darslaringizni faylga yuklab olishingiz mumkin.
- Oʻchirish: hisobingizni oʻchirsangiz, unga bogʻliq barcha maʼlumot (sinflar, oʻquvchilar, baholar, davomat) bazadan oʻchiriladi. Zaxira nusxalarda ular chegaralangan muddat davomida qolishi mumkin.
- Tuzatish: istalgan maʼlumotni ilova ichida oʻzgartirasiz.
7. Cookie fayllari
Faqat xizmat ishlashi uchun zarur cookie'lardan foydalanamiz — ular sizni tizimda ushlab turadi. Reklama yoki kuzatuv cookie'lari yoʻq.
8. Oʻzgarishlar
Ushbu siyosat oʻzgarsa, sahifadagi sana yangilanadi. Muhim oʻzgarishlar haqida ilova ichida xabar beramiz.
9. Bogʻlanish
Savol yoki soʻrovingiz boʻlsa — Telegram: @ustozona_tms.