Yangi: Doskada darslik — PDF kitob va audio

Darsni rejalashtiring, oʻtkazing va baholang — bitta joyda

Ish rejani yuklaysiz — mavzular darslarga kunma-kun joylanadi. Darsda taqdimot va test oʻtkazasiz: telefondan, QR-kartadan yoki qogʻozda. Natijalar jurnalda yigʻiladi, qaysi biri bahoga kirishini oʻzingiz tanlaysiz — kimga yordam kerakligi darhol koʻrinadi.

Oʻqituvchilar uchun bepul. Bank kartasi talab qilinmaydi.

Ustozonada nima bor?

Qaysi oʻquvchi ortda qolayotganini kech bilasizmi?

Jurnal, davomat, xulq, jadval va dars ishlanmasi — har kungi ish bir joyda.

Jurnalni sinab koʻrish
  • «Eʼtibor kerak» roʻyxati — davomat, xulq va baho pasayishiga qarab kimga yordam kerakligini bosh sahifa oʻzi koʻrsatadi.

  • Davomat — bir bosishda — butun sinf kelgan boʻlsa, sana ustunini bir marta bosasiz.

  • Ish reja — Excel yoki Word fayldan — mavzular jadval boʻyicha kunma-kun joylanadi, taʼtil kunlari oʻtkazib yuboriladi.

  • SI dars rejasi — mashq va test savollarini dars davomiyligiga moslab tuzadi. Oʻquvchilar ismi SIʼga yuborilmaydi.

Test varaqlarini qoʻlda tekshirasizmi?

Qaysi yoʻl bilan oʻtkazmang, natija bitta jurnalga tushadi — qaysi test bahoga kirishini oʻzingiz belgilaysiz.

Baholash haqida
  • Jonli test — oʻquvchilar oʻz telefonidan PIN yoki QR orqali qoʻshiladi.

  • Telefonsiz sinf — oʻquvchilar QR-kartani koʻtaradi, kamera barcha javoblarni bir zumda oʻqiydi.

  • Qogʻoz test — javob varaqlarini chop etasiz va telefon kamerasi bilan tekshirasiz.

  • Uyga vazifa — muddat bilan; oʻquvchi har savoldan keyin natijasini darhol koʻradi.

Darsda oʻquvchilar zerikib qolyaptimi?

Slayd koʻrsatish va sinfni tekshirish — bitta taqdimotda.

Taqdimot haqida
  • PowerPoint va PDF dan — tayyor slaydlaringizni qaytadan yasamaysiz.

  • Slaydlar orasida savol — test, soʻrovnoma, soʻz buluti yoki ochiq javob.

  • Jonli sessiya — oʻquvchilar telefonidan QR yoki PIN bilan qoʻshiladi.

  • Doskada ochiladi — taqdimot sinf ekranida taymer va svetofor yonida turadi.

Sinfni tartibda ushlash qiyinmi?

Projektor va katta ekran uchun — uzoqdan ham oʻqiladi.

Doskani ochish
  • Taymer va soat — mashq vaqtini butun sinf katta ekranda koʻrib turadi.

  • Svetofor — «jim ishlaymiz», «pichirlab», «erkin gaplashamiz» — qoidani har safar aytib oʻtirmaysiz.

  • Matn va stikerlar — topshiriq va eslatmani doskaga yozib qoʻyasiz.

  • Roʻyxatdan oʻtmasdan — taymer, svetofor va soat darhol ochiladi.

Mahsulotlar

Darsning har bosqichi uchun

Hammasi bir-biriga ulangan. Toʻrttasi bugun ishlaydi, ota-ona ilovasi va maʼmuriyat paneli — yoʻlda.

Ustozona

Mavjud

Oʻqituvchi paneli: jurnal, davomat, xulq, jadval, ish reja va SI bilan dars rejasi.

Imkoniyatlarni koʻrish

Ustozona blog

Mavjud

Oʻqituvchilar yozgan maqolalar: tajriba, metodika, dars gʻoyalari. Oʻzingiz ham yozasiz.

Batafsil

Ustozona-Games

Mavjud

Arqon tortish, Poyga, Jonli oʻyin va boshqalar — testdan oʻyin yarating, sinfda musobaqa oʻtkazing.

Batafsil

Ustozona baholash

Mavjud

Onlayn test, qogʻoz test skaneri va QR-kartalar — natija jurnalga tushadi.

Batafsil

Ustozona doska

Mavjud

Sinf ekrani: taymer, svetofor va jonli taqdimot. Taymer bilan svetofor kirmasdan ham ishlaydi.

Batafsil

Shogird

Tez orada

Ota-ona uchun Telegram ilovasi: bolaning bahosi, davomati va xulqi.

Batafsil

Ustozona boshqaruv

Tez orada

Maktab maʼmuriyati uchun panel va maktab boʻyicha hisobotlar.

Batafsil
Narxlar

Oʻqituvchilar uchun — bepul

Darsni tayyorlash, oʻtkazish va baholash uchun kerak boʻlgan hamma narsa oʻqituvchilar uchun bepul. Pullik tariflar haqida oldindan ochiq aytamiz.

Tez orada
Maktab uchun
Maktab maʼmuriyati va ota-onalar uchun qoʻshimcha imkoniyatlar.
Tez orada
  • Maʼmuriyat uchun boshqaruv paneli
  • Maktab boʻyicha umumiy hisobotlar
  • Ota-ona uchun Telegram mini-ilova
Xabardor boʻlish
Mavjud
Ustoz uchun
Darsning uchala bosqichi uchun yetarli. Bank kartasi talab qilinmaydi.
0 soʻm
  • Elektron jurnal va 10+ baholash shkalasi
  • Davomat va avtomatik xulq-atvor bali
  • Ish rejani Excel fayldan yuklash
  • SI yordamchi (kunlik limit bilan)
  • Onlayn test, qogʻoz test skaneri, QR-karta
  • Doska va interaktiv taqdimot
  • Hamkasblar bilan jamoa boʻlib ishlash
  • Cheksiz sinf va oʻquvchi
Roʻyxatdan oʻtish
Tez orada
Pro
Koʻp sinf va koʻp dars bilan ishlaydigan ustozlar uchun.
Tez orada
  • Kengaytirilgan SI limiti
  • Kengaytirilgan oʻzlashtirish hisobotlari
  • Ustuvor qoʻllab-quvvatlash
Navbatga yozilish

Savollaringiz bormi? Bizda javoblar tayyor

Oʻqituvchilar eng koʻp soʻraydigan savollar.

Dars beradigan har bir oʻqituvchi uchun: davlat va xususiy maktab, oʻquv markaz yoki repetitor. Sinf yoki guruhingizni qoʻshasiz — dars rejasi, test, davomat va jurnal shu guruh bilan ishlaydi.

Savolingizga javob topmadingizmi? Telegram orqali yozing

Keyingi darsingizni Ustozonada tayyorlang, oʻtkazing va baholang

Google yoki Telegram bilan bir tugmada kirasiz. Sinfingizni qoʻshing, ish rejani yuklang — ertangi darsga tayyorsiz.

Bepul roʻyxatdan oʻtish

Bepul · Karta kerak emas · 7 tilda